Buxoro shahar: Bozor hududida bezorilik qilgan shaxs qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortildi
Buxoro tumani “Tor-Tor” mahallasida yashovchi 1995-yilda tug‘ilgan, J.S. ismli shaxs joriy yilning 6-aprel kuni taxminan soat 11:00 larda, Buxoro shahar “Shayxon” mahallasi “A.G‘ijduvoniy” ko‘chasi hududida joylashgan jamoat joyi hisoblangan “Karvon bozori”da jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, ushbu bozorda sotuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi boshqa bir fuqaro Sh.B. bilan o‘zaro janjallashib, janjal vaqtida J.S. qo‘l mushti bilan Sh.B. ning yuz va bosh sohasiga bir necha marotaba qasddan urib, unga Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Buxoro filialining tegishli ekspertiza xulosasiga ko‘ra, sog‘lig‘ining qisqa muddatda buzilishiga olib keladigan yengil shikast yetkazib, bezorilik jinoyatini sodir qilgan.
Mazkur holat yuzasidan shahar IIO FMB tomonidan J.S. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.