23 Iyun 2023 yil 547

Buxoro shahar: Haydovchilik guvohnomasini olib berishni vaʼda qilgan yana bir “uddaburon” qo‘lga tushdi

Viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Shofirkon tumani “Qayrag‘och” mahallasida yashovchi 1993-yilda tug‘ilgan R.F. ismli shaxs, boshqa bir fuqaroni aldab, unga haydovchilik guvohnomasi olish uchun o‘tkaziladigan imtixondan vakolatli tanishlari orqali o‘tkazib berishini vaʼda qilib, evaziga 400 AQSH dollari berishni talab qilgan.

2023-yil 18-iyun kuni soat 13:00 larda “uddaburon” Buxoro shahar, 5-kichik nohiyada joylashgan “Korzinka” savdo majmuasi oldida talab qilingan 400 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech