Buxoro shahar: Markaziy bozor oldida jamoat tartibini buzgan shaxs endi qonun oldida javob beradigan bo‘ldi
Buxoro shahar IIO FMB maʼlumotiga ko‘ra, Buxoro shahar Mustaqillik ko‘chasida yashovchi, 1985-yilda tug‘ilgan Y.S. ismli shaxs joriy yilning 12-fevral kuni soat 08:30 larda jamoat joyi hisoblangan Buxoro shahar Markaziy bozori old tomonidan o‘tuvchi yo‘l yoqasida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan boshqa bir fuqaro bilan janjallashadi. Janjal vaqtida uni nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilib, qo‘l mushti bilan uning yuz qismiga qasddan urib, sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazib bezorilik jinoyatini sodir qilgan.
Mazkur holat yuzasidan shahar IIO FMB tomonidan Y.S. nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda.