22 Dekabr 2022 yil 784

Buxoro shahar Alpomish ko‘chasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan rasmiy maʼlumot

2022 yil 21 dekabr kuni soat 15:30 da I.Z ismli shaxs o‘z boshqaruvida bo‘lgan Kobalt rusumli avtomashinani Buxoro shahar Alpomish ko‘chasi hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘li bo‘ylab, yettinchi kichik nohiya aylanma harakati tomonidan “Dinamo” aylanma harakati tomon boshqarib borayotib, “Bog‘idasht” novvoyxonasi oldida joylashgan tartibga solingan chorraha bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtda, harakat yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lni chap tomonidan o‘ng tomoniga qarab tartibga solingan piyodalar yo‘lagi bo‘ylab, yo‘lni kesib o‘tayotgan Voyaga yetmagan ikki nafar piyodalarni avtomashinasining old qismi bilan urib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Natijada Voyaga yetmagan piyodalar tan jarohati olib, RSHTYOIM Buxoro filialiga davolanish uchun yotqizilgan va zaruriy muolajalar amalga oshirilgan. Hozirda ularning ahvoli yaxshi.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Barcha haydovchilardan amaldagi yo‘l harakati qoidalariga amal qilgan holda transport vositasini boshqarishlarini so‘rab qolamiz!

Text to speech