Buxoro shahrida bezorilik qilgan aka va ukaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
2023 yilning 15 iyul kuni soat taxminan 16:00 larda G‘ijduvon tumani Sarmijon mahallasida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan I.U hamda uning ukasi 2006 yilda tug‘ilgan I.O. lar oldindan til biriktirib, bir guruh bo‘lib jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, jamoat joyi hisoblangan Buxoro shahar M.Ulug‘bek mahallasida joylashgan Ibn-Sino va A.G‘ijduvoniy ko‘chalari kesishmasida Vobkent tumani Quruvchi mahallasida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan R.A. hamda vobkentlik yana bir fuqaro 2001 yilda tug‘ilgan Sh.A.lar bilan o‘zaro hech bir sababsiz janjallashib qolib, janjal vaqtida ularnnig bosh qismi va tanasining boshqa joylariga qo‘llari bilan qasddan urib, yengil tan jarohati yetkazib bezorilik jinoyatini sodir qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 277-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.