21 Yanvar 2023 yil 650

Buxoro shahrida chorva mollarini o‘margan shaxs ushlandi

Nomaʼlum shaxs 2023 yil 14 yanvardan 15 yanvarga o‘tar kechasi Buxoro shahar S.Ayniy mahallasida joylashgan chorva mollari boqish uchun mo‘ljallangan molxonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, Vobkent tumani Yangikent mahallasida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan Y.Sh. ga tegishli bo‘lgan bozor bahosi taxminan 4.700.000 so‘m miqdorni tashkil qiluvchi uch bosh qo‘ylarni o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro shahar Alpomish ko‘chasida yashovchi 1978 yilda tug‘ilgan X.D. sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirgi kunda uning xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlashga qaratilgan tezkor surishtiruv va tergov harakatlari davom ettirilmoqda

Text to speech