Buxoro viloyat IIB xodimlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Buxoro shahrida fohishaxona tashkil qilgan shaxslar fosh etildi
Buxoro viloyat IIB xodimlari tomonidan «Buxoro shahar hududida fohishaxona saqlash bilan bog‘liq jinoiy holatlarni oldini olish va unga qarshi kurashish» borasida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida bir nechta holatda fohishaxona tashkil qilish bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘yildi.
Jumladan, 2023 yil 4 fevral kuni soat 15:00 larda O.Sh. ismli ayol o‘zi istiqomat qiladigan Buxoro shahar T.Farog‘iy ko‘chasidagi xonadonida bir ayol va erkakning jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib berib, buning evaziga 700.000 so‘m pul olgan holda fohishaxona tashkil qilgani fosh etildi.
2023 yil 5 fevral kuni Buxoro tumani Novmetan qishlog‘ida yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan R.M. ismli ayol ijarada yashab kelayotgan Buxoro shahri Alpomish ko‘chasida joylashgan uyda kuni tanishi R.R. ismli ayolni bir erkak bilan jinsiy aloqada bo‘lishi uchun xonadonning bir xonasini bo‘shatib berib, 100 ming so‘m miqdoridagi pullarni olganligi aniqlangan.
2023 yil 6 fevral kuni taxminan soat 16:00 larda U.M. ismli ayol o‘zining ijarada yashab kelayotgan Buxoro shahar Alpomish ko‘chasida joylashgan xonadonida bir ayol va erkakning jinsiy aloqa qilishi uchun alohida xona ajratib, shart-sharoit yaratib berib, buning evaziga 150.000 so‘m miqdordagi naqd pullarni olib, fohishaxona tashkil qilganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.