8 Fevral 2023 yil 765

Buxoro shahrida fohishaxona tashkil qilgan ayollar ushlandi

2023 yil 1 fevral kuni soat 15:00 larda viloyat IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan «Buxoro shahar hududida fohishaxona saqlash bilan bog‘liq jinoiy holatlarni oldini olish va unga qarshi kurashish» borasida olib borilgan tezkor tadbir davomida fuqaro X.N. tanishi 1986 yilda tug‘ilgan R.J. bilan oldindan til biriktirib, bir guruh bo‘lib, o‘zi istiqomat qiladigan Buxoro shahar Alpomish ko‘chasida joylashgan uyida S.K. ismli ayol va “mijoz” sifatida kelgan M.oni jinsiy aloqa qilishi uchun yashash uyining alohida xonasini ajratib berib, buning evaziga ulardan 100.000 so‘m miqdorida pullarni olganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 131-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech