Buxoro shahrida ko‘cha bezorilari qamoqqa olindi
2023 yil 15 iyul kuni Buxoro shahar Chorbaxossa mahallasida yashovchi 1997 yilda tug‘ilgan X.Sh. shu mahallada yashovchi 2004 yilda tug‘ilgan E.S. va 1997 yilda tug‘ilgan X.M.lar bilan bir guruh bo‘lib, jamiyatda o‘rnatilgan yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, o‘zlarining harakatlari bilan jamoat tartibini buzayotganliklarini yaqqol anglagan holda, Buxoro shahrida joylashgan spirtli ichimliklar sotuvchi shoxobchada 1989 yilda tug‘ilgan A.J. ismli fuqaro bilan hech bir sababsiz janjallashib, badanining turli qismlariga qo‘l va oyoqlari bilan urib-do‘pposlab, Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra tan jarohati yetkazib, bezorilik jinoyatini sodir qilishgan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 277-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan holda Buxoro viloyati prokuraturasining alohida nazorati ostida dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.