Buxoro shahrida “Marixuana” giyohvandlik vositasini sotayotgan shaxs qo‘lga olindi
2023 yil 15 may kuni Buxoro viloyatida o‘tkazilayotgan “Qoradori-2023” keng ko‘lamli tezkor hamda profilaktik tadbirlari doirasida Buxoro shahar IIO FMB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Shofirkon tumani "Qalmaqon" mahallasida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan R.R. ismli shaxs xaridorga Buxoro shahar “Bunyodkor” mahallasi oldida 2 dona “Spichki” yozuvli qutilarga alohida qadoqlangan holatdagi viloyat IIB Ekspert kriminalistika bo‘limining sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra sof vazni 9,14 grammga teng bo‘lgan ozginadan ko‘proq miqdordagi “Marixuana” giyohvandlik vositasini 2.000.000 so‘m evaziga sotayotgan vaqtda jinoyat ustida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.