27 May 2023 yil 450

Buxoro shahrida og‘ufurushlar faoliyatiga chek qo‘yildi

Olingan tezkor maʼlumotlar asosida 2023 yilning 24 may kuni soat 21:00 larda Buxoro shahar Ko‘ksaroy ko‘chasida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan R.Sh. boshqa bir fuqaroga 500.000 so‘m evaziga, viloyati IIB Ekspert kriminalistika bo‘limining kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra sof fazni 0,80 gramga teng bo‘lgan ozginadan ko‘proq miqdordagi “GASHISH” giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtda Buxoro shahar IIO FMB 4-son IIB XPB profilaktika inspektori tomonidan qo‘lga olinib, xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harkatlari olib borilmoqda.

Text to speech