1 Avgust 2023 yil 442

Buxoro shahrida o‘tkazilgan "Mehnat yarmarkasi"da doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan ishsiz fuqarolarning bandligi taʼminlandi

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro Jamoat Salomatligi texnikumida Buxoro shahar 2 va 3-sektor rahbarlari hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan “Qizil toifa”ga kiritilgan mahallalar hududida yashovchi yoshlar, xotin-qizlar hamda fuqarolarni ish bilan taʼminlash maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.

Yarmarkada Buxoro shahridagi 21 ta korxonalar o‘zlarining 697 ta bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari hamda ishlab chiqarilgan mahsulotlaridan namunalar bilan ishtirok etdilar.

O‘zlariga maqbul keladigan ish qidirib, kelgusida o‘z kasblari va mutaxassisliklari bo‘yicha maʼlum bir ish o‘rniga ega bo‘lish maqsadida mehnat yarmarkasida ishtirok etgan 120 dan ortiq ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolardan 12 nafariga bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘llanmalar berildi.

Bundan tashqari, “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi”da ishtirok etgan ishsiz fuqarolarning 10 nafari kasbga qayta o‘qitishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, 34 nafar fuqaroga meʼyoriy hujjatlar bo‘yicha tushuntirish hamda huquqiy maslahatlar berildi.

Mehnat yarmarkasi bilan birga «Yoshlar daftari»ga kiritilgan 22 nafar yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va mehnat qurollari topshirildi.

Text to speech