5 Avgust 2023 yil 719

Buxoro shahrida o‘tkazilgan “O‘smir” maxsus tezkor va profilaktik tadbirlari jarayonida bir qator huquqbuzarliklar aniqlandi

Tasdiqlangan reja asosida Buxoro shahri hududida viloyat Prokuraturasi, Ichki ishlar boshqarmasi hamda boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish maqsadida “O‘smir” maxsus tezkor hamda keng qamrovli profilaktik tadbirlari o‘tkazildi.

Mazkur tadbir davomida 48 ta kafe-barlar, tungi klublar, kompyuter o‘yingohlari hamda ko‘ngilochar joylar nazorat tariqasida ko‘zdan kechirildi.

Jarayonda, 11 ta holatda tungi vaqtda ko‘ngilochar joylarda ota-onasining qarovisiz yurgan voyaga yetmagan yoshlar aniqlanib, muassasa egalariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtK.ning 182-moddasi asosida maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Tungi vaqtda voyaga yetmagan farzandlarini nazoratsiz qoldirgan 13 nafar ota onalarga nisbatan esa O‘zbekiston Respublikasi MJtK.ning 47-moddasi 1 qismiga asosan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Shuningdek, 3 nafar qarovsiz qoldirilgan voyaga yetmaganlar Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi JXX XPB VEIHYOKMga joylashtirildi.

Bu kabi tadbirlar viloyatning barcha hududlari bo‘ylab davom etmoqda.

Text to speech