Buxoro shahrida o‘zganing xonadoniga o‘g‘irlikka tushgan shaxs qo‘lga olindi
Nomaʼlum shaxs qasddan jinoyat sodir qilish yo‘liga o‘tib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida joriy yilning 16-iyun kuni soat taxminan 10:00 larda Buxoro shahar Chorminor ko‘chasida joylashgan xonadonlarning biriga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, mazkur xonadondan boshqa bir fuqaroga tegishli bo‘lgan “Redmi-A7” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda talon-toroj qilib, voqea joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan shahar IIO FMB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro shahar “Otbozor” mahallasida yashovchi, 1977-yilda tug‘ilgan N.U. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlangan.
Hozirda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.