12 Iyun 2023 yil 605

Buxoro shahrida qizning behayo videolarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmaslik evaziga tovlamachilik qilgan shaxs qo‘lga olindi

Qorako‘l tumani “Xo‘jakon” mahallasida yashovchi, 2003-yilda tug‘ilgan I.A. mahalladosh tengdosh qizning behayo videolarini tarqatish bilan qo‘rqitib, qizdan 1.500.000 so‘m miqdoridagi pullarni talab qilib, agarda mazkur pullarni bermasa, o‘zida mavjud bo‘lgan behayo va pornografik videolarini tarqatib yuborib, sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, uni mulkini berishga majbur qiluvchi sharoitga solib qo‘yib, 350.000 so‘m pullarni olishga erishib, bu bilan ham kifoyalanmasdan qolgan 800.000 so‘m miqdoridagi pullarni Buxoro shahar A.Somiy ko‘chasida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan shahar IIO FMB tomonidan fuqaro I.A. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech