16 Fevral 2023 yil
638
Buxoro shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlariga chek qo‘yildi
Buxoro viloyat huquq-tartibot organlari hamda “Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti filiali xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda, “Asilbek Yusufbek biznes” MCHJ rahbari U.J. jamiyatga qarashli issiqxonada tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22 - sonli qarori talablariga zid ravishda, 2022 yil 8 noyabr kunidan 2022 yil 15 noyabr kuniga qadar tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi oqibatida “Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti filiali manfaatlariga jami 472 mln. so‘m miqdorda zarar yetkazganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 185-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.