Buxoro shahrida tezkor shtab faoliyati orqali fuqarolarning muammolari hal etilmoqda
Xabar berganimizdek, viloyat bo‘ylab barcha hududlarda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida tezkor shtab faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu boradagi chora-tadbirlar Buxoro shahrida ham izchillik bilan olib borilmoqda.
Bunda, Buxoro shahar IIO FMB boshlig‘i polkovnik Bahodirxo‘ja Sharipov hamda sektor rahbarlari boshchiligidagi mas'ullar ishtirokida shahar hududida joylashgan Markaziy dehqon bozoridagi oziq-ovqat va dehqonchilik mahsulotlari, narxlarning barqarorligi, aholiga xizmat ko‘rsatish sifati hamda savdo vakillarining mavjud muammolari yaqindan o‘rganildi.
Jumladan, 3-sektorga qarashli «Olim Xo‘jayev», «Gulshan» va «B.Naqshband» mahallarida "xonadonbay" tizimi asosida aholining murojaatlari joyiga chiqib o‘rganilib, ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda.
Mustaqillik ko‘chasidan o‘tuvchi gaz quvurini yangilash ishlari hamda Mirdo‘stim va Cho‘lpon ko‘chalarida aholiga tabiiy gaz yetkazib berish ahvoli bilan tanishildi.
Murojaatlar ijrosi yuzasidan «B.Naqshband» mahallasi A.Somiy ko‘chasidan o‘tuvchi issiqlik quvuri bilan bog‘liq 5 m. masofadagi nosozlik bartaraf etildi.