15 Iyun 2023 yil 528

Buxoro shahrida “Xalqaro Ipak va ziravorlar” festivali tadbirlarini o‘tkazish va unda fuqarolar hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi vazifalarga bag‘ishlangan yo‘riqnoma yig‘ilishi o‘tkazildi

Bugun, 15-iyun kuni viloyat hokimining o‘rinbosari, huquq tartibot organlari va taalluqli mutasaddi idoralar hamda shahar-tumanlar masʼul rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan yo‘riqnoma yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi 135-sonli qaroriga muvofiq joriy yilning 16-18 iyun kunlari Buxoro shahrida “Xalqaro Ipak va ziravorlar” festivali o‘tkazilishi yuzasidan viloyat hokimining tegishli tashkiliy tadbirlar rejasi asosida ushbu festival tadbirlari o‘tkaziladigan va aholi gavjum joylarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar, kuch va vositalar taqsimoti, ularning xizmat faoliyatini tashkillashtirish borasidagi vazifalar birma-bir tushuntirib berildi.

Normativ hujjatlarda keltirilgan topshiriq va ko‘rsatmalardan kelib chiqqan holda har bir yo‘nalish bo‘yicha masʼul rahbarlar biriktirilib, ularning zimmalaridagi vazifalar yuzasidan aniq, manzilli topshiriqlar berildi va tezkor shtablarning faoliyati kuchaytirildi.

Text to speech