3 Iyun 2023 yil
829
Buxoro shahrida yana bir qo‘shmachi qo‘lga tushdi
Buxoro shahar IIO FMB tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, “Gulchorbog‘” mahallasida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan Y.S. ismli ayol, g‘arazli va boshqa past niyatlarda ikki nafar mijoz R.M. va R.B. larga yengil tabiatli X.G. ismli ayolni topib berib, ularning jinsiy aloqa qilishlari uchun o‘zi ijara asosida istiqomat qiluvchi Buxoro shahar Guliston mahallasidagi xonadondan joy ajratib berib, evaziga “mijozlar”dan 300.000 so‘m olib, qo‘shmachilik qilganligi fosh etilgan.
Mazkur holat yuzasidan shahar IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.