11 Mart 2023 yil 552

Buxoro shahrida yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimiga pora bergan shaxs ushlandi

O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Departamentning Olot tumani bo‘limi xodimlari hamkorligida YPX inspektorining bildirgisi asosida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Shofirkon tumani «Bog‘iafzal» mahallasida yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan F.A. ismli shaxs spirtli ichimlik isteʼmol qilib, mast holatda avtomashina boshqarganligi uchun tuzilgan maʼmuriy bayonnomani oqibatsiz qoldirish va avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga inspektorga pora taklif qilib, Buxoro shahridagi “Buxoro trans stand” MCHJga qarashli jarima maydonida 1.100.000 so‘m pullarni bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Unutmang! Pora berish ham, pora olish ham jinoyat va har ikkala holatda ham O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida bir xil jazo belgilangan.

Shunday ekan, har birimiz jamiyatda uchraydigan har qanday korrupsion holatlarga qarshi birgalikda kurashaylik.

Text to speech