12 Iyul 2023 yil 572

Buxoro shahrida soxta dalolatnoma tuzib berish evaziga pora talab qilgan «tabiat kushandasi» qo‘lga olindi

Buxoro viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi Kogon tumani bo‘limi inspektori Buxoro tumani “Rabotak” mahallasida yashovchi 1983-yilda tug‘ilgan I.O. ismli shaxs boshqa bir fuqarodan Buxoro shahar Piridastgir ko‘chasidan o‘tuvchi yo‘l yoqasidagi savdo do‘koni qurish uchun mo‘ljallangan yerda o‘sib turgan manzarali daraxtlar haqiqatda qurimagan bo‘lsada, ushbu daraxtlarning kasallanganligi va quriganligi to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtirib berganligi evaziga 500 ming so‘m miqdorida pora talab qilgan.

Viloyat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u M-39 magistral yo‘lining Buxoro shahar Mohi Xosa ko‘chasi kesishmasida fuqarodan kimyoviy ishlov berilgan 500 ming so‘m pullarni pora tariqasida olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro  I.O. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech