14 Dekabr 2022 yil 651

Buxoro shahridagi kriminogen vaziyati og‘ir mahallalar jinoyatchiligi o‘rganildi.

Xabaringiz bor, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasidagi profilaktik tadbirlarning natijadorligi, ayniqsa, kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarda jinoyatchilik holati joyida muhokama qilib borilmoqda.

Jumladan, bugun 14 dekabr kuni jinoyatchilikning navbatdagi «mahallabay» muhokamasi boshqarma boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev boshchiligidagi masʼullar va mahalla mutasaddilari ishtirokida Buxoro shahar “Zarafshon” mahallasida o‘tkazildi.

Mazkur mahallada joriy yilning bugungi kuniga qadar jami 8 ta, shundan 1 ta qotillik, 2 ta firibgarlik, 2 ta o‘g‘irlik, 3 ta boshqa turdagi jinoyatlar sodir etilgan bo‘lib, kriminogen vaziyati og‘ir sariq mahalla toifasiga kiritilgan.

Muhokama jarayonida mahallada sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mahalla mutasaddilari va profilaktika inspektorining hisobotlari tinglandi.

Jinoyatlarning sabablari va uning kelib chiqishiga omil bo‘lgan shart-sharoitlar birma-bir tahlil qilindi.

Mahallada kelgusida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida, «xonadonbay», «oilabay» va «fuqarobay» tizim, “Xavfsiz hovli” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlarni yana-da kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi, hududiy IIBning tajribali xodimlaridan iborat yig‘ma otryad faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Text to speech