5 Iyun 2023 yil 419

Buxoro shahridagi savdo do‘konida o‘zaro oldi sotdi muomalasida ishlatilgan chet el valyutasining qalbaki ekanligi fosh bo‘ldi

O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida fuqaro Z.R. sotuvchi vazifasida ishlab kelayotgan Buxoro shahar A.Somiy ko‘chasida joylashgan “333” nomli savdo do‘koniga mijoz sifatida kelgan shaxs bir dona 50 kupyurali AQSH dollarini 565.000 so‘mga ayirboshlab ketgan.

Sotuvchining arizasi asosida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ekspert kriminalistika bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan kriminalistik tekshiruv natijalariga ko‘ra mazkur 50 AQSH dollari qo‘lbola texnik vositalardan foydalanib tayyorlanganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida qalbaki valyuta bilan muomala qilgan Z.R. ismli ayolning shaxsi aniqlanib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech