Buxoro shahridagi xiyobonda talonchilik qilgan jinoiy guruh aʼzolari qo‘lga olindi.
2023 yil 15 may kuni soat 10:00larda Jondor tumani “Mirzayon” mahallasida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan Sh.N. hamda sherigi “Navgadi” lik 2002 yilda tug‘ilgan Sh.Sh. bilan oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, Buxoro shahar “Yangiobod” mahallasi hududida joylashgan “Boqiy Buxoro” xiyoboni avtoturargohida Buxoro tumani “Mustaqillik” mahallasida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan A.A. bilan o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro nizo natijasida janjallashib, tanasining turli sohalariga urib, A.A.ga tegishli bahosi 2 mln 500 ming so‘m bo‘lgan “Samsung S-10” rusumli, bahosi 300 ming so‘m bo‘lgan “Samsung verizon” rusumli, bahosi 200 ming so‘m bo‘lgan “Novey” rusumli telefon apparatlarini, fuqarolik pasporti, haydovchilik guvohnomasini hamda bahosi 1 mln so‘mlik “Motion Control Neoline" nomli antiradar moslamasini, shuningdek bahosi 50 ming so‘mlik orqani ko‘rsatuvchi oyna, 4 dona to‘lov plastik kartalarini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 166-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.