9 May 2023 yil 431

Buxoro shahridagi Xotira maydonida 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Buxoro viloyati hokimi, viloyat harbiy-maʼmuriy sektor rahbari Botir Zaripov boshchiligidagi sektor rahbarlari, viloyat huquqni muhofaza qilish idoralari va boshqarmalari, davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari, taʼlim muassasalari va yoshlar jamoalari harbiy orkestr sadolari ostida xiyobonda joylashgan Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘ydi.

Ikkinchi jahon urushida qurbon bo‘lgan minglab hamyurtlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirildi. Yig‘ilganlar maydondagi “Xotira kitobi”ni varaqlab, o‘tganlar xotirasini yod etdi.

Ikkinchi jahon urushi yillarida Buxoro viloyatidan frontga otlangan 73 ming 688 kishidan 30 ming nafari janggohlarda halok bo‘lgan. Bu qadimiy yurt farzandlaridan 13 nafari qahramon, bir nafari esa uchchala darajali “Mehnat shuhrati” ordeniga sazovor bo‘lgan. Ayni vaqtda esa viloyatda 7 nafar urush qatnashchisi eʼzoz-ehtiromda umrguzaronlik qilmoqda.

Bunday tadbirlar Ikkinchi jahon urushida qatnashgan ajdodlarimizning jasorati, yorqin xotirasi unutilmas ekanini yana bir bor yodga soladi. Bu yosh avlod qalbida vatanparvarlik, jasorat, mardlik tuyg‘ularini yuksaltirishi bilan yana-da ahamiyatlidir.

Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimlar viloyatning shahar va tumanlarida, mahalla va guzarlarida davom etmoqda.

Text to speech