20 Iyul 2023 yil
669
Buxoro shahri.Oilaviy zo‘ravonlik.
2023 yilning 28 iyun kuni soat 17.30 larda Kogon tumani Tutkunda mahallasida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan N.Sh. Buxoro shahridagi I.Mo‘minov ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylar oldidan o‘tuvchi yo‘l yoqasida Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida ro‘yxatda turuvchi, 1988 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i Yu.F. bilan o‘rtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik natijasida o‘zaro janjallashib, janjal vaqtida uni qasddan urib, STEning xulosasiga ko‘ra, yengil tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 126/1-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.