30 Aprel 2023 yil 271

Buxoro tibbiyot texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan ayol qo‘lga tushdi

Buxoro shahar “Navro‘z” mahallasida yashovchi 1974 yilda tug‘ilgan I.F. ismli ayol boshqa bir ayolni aldab, uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini suiisteʼmol qilib, o‘zini Buxoro tibbiyot texnikumida ishlashini aytib, uning kelini N.J.ni mazkur kollejga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 2022 yil fevral va noyabr oyida jami 1300 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK. ning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech