Buxoro tumanida o‘z uyida ko‘knor o‘simligini parvarishlab kelgan shaxsning qilmishlari fosh etildi.
2023 yil 1 may kuni viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori 2023” tezkor hamda keng qamrovli profilaktik tadbiri davomida olingan tezkor maʼlumot asosida Buxoro tumani "Novmetan" mahallasida yashovchi 1971 yilda tug‘ilgan A.M. ning yashash uyi hamda yordamchi xo‘jaligi ko‘zdan kechirilganda, uyining tomorqa yeriga viloyat IIB Ekspert kriminalistika bo‘limining Sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan 29 tup, ho‘l holatdagi, markaziy poyasiga va ildizlariga ega, yashil rangli o‘ziga xos o‘tkir hidli, umumiy vazni 6.620 grammga teng ko‘knor o‘simliklarini qonunga xilof ravishda ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.