6 Iyun 2023 yil 493

Buxoro tumanida xonadon o‘g‘irligi issiq izidan fosh etildi

Buxoro tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, Buxoro tumani Mustaqillik mahallasida yashovchi 2007 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan shaxs B.Sh. qasddan jinoyat sodir qilish yo‘liga o‘tib, 2023 yilning 2 iyun kuni soat taxminan 14:00 lar atrofida Buxoro tumani Navro‘z mahallasida yashovchi amakisi 1985 yilda tug‘ilgan B.F. ning xonadoniga kirib, yashash xonadonidan 4.500.000 so‘m va umumiy bahosi 10.000.000 so‘mlik tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlab ketganlik holati, issiq izidan fosh etildi.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech