14 Iyul 2022 yil 658

Buxoro viloyat 3-sektor rahbari Olot tumanida sayyor qabul o‘tkazdi

Buxoro viloyati 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev, viloyat hokimi va Xalq qabulxonasi tomonidan tasdiqlangan reja asosida bugun, 14 iyul kuni Olot tumani Nuroniylar bog‘ida “Maʼrifat” mahallasi aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda tuman hokimi va sektor rahbarlari, viloyat va tuman 3-sektor ishchi guruhi aʼzolari, boshqa mutasaddi idoralar masʼullari, ushbu mahalla raisi va uning o‘rinbosarlari, hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi ishtirok etdilar.

Qabulda ko‘tarilgan imtiyozli kredit olish, ekin yerlarini sug‘orish tizimini yaxshilash, bandlikni taʼminlash, ichki yo‘llarni taʼmirlash, tungi chiroqlar o‘rnatish, g‘alladan bo‘shagan yer maydoniga qayta ekin ekib daromad olish uchun yer ajratish, moddiy yordam ko‘rsatish va shu kabi 10 dan ortiq fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi.

Murojaatlarning aksariyati joyida bartaraf etilib, mahallada “sohabay”, “mahallabay” va “fuqarobay” ish samaradorligini oshirish, aniqlangan ijtimoiy masalalarni bartaraf etish yuzasidan sektor rahbarlari va tegishli idoralar masʼullariga topshiriqlar berildi.

Ish yurituviga olingan, qo‘shimcha tekshirish talab qiladigan murojaatlar ijrosi alohida nazoratga olinib, mutasaddilarga har bir yo‘nalish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Aholi bilan muloqotda bildirilgan taklif va mulohazalar, ko‘tarilgan muammolar asosida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush sharoitini yana-da yaxshilashga oid choralar belgilab olindi.

Text to speech