Buxoro viloyat IIB boshlig‘ining 2023 yil 7 mart kunidagi 110 sonli ko‘rsatmasi asosida Romitan tumanidagi “qizil” toifaga kiritilgan Afrosiyob mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi
Bugun, 11 mart kuni Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i podpolkovnik Jonibek Boltayev Romitan tumanidagi “qizil” mahalla toifasiga kiritilgan Afrosiyob mahallasiga biriktirilgan masʼullar tomonidan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora tadbirlar yuzasidan tanqidiy-tahliliy muhokama yig‘ilishi o‘tkazdi.
2022 yilning 12 oyi mobaynida Afrosiyob mahallasi hududida 32 ta jinoyatlar sodir etilishi hisobiga “qizil” mahallalar toifasiga kiritilgan.
Maʼlumot o‘rnida, “Afrosiyob» mahalla fuqarolar yig‘ini hududiga biriktirilgan masʼullar tomonidan 2023 yilning mart oyi davomida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil qilish, jinoyatchilikni jilovlash, mahallada istiqomat qiluvchi aholining muammolarini hal qilish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqilib, bu borada keng ko‘lam ishlar olib borilgan.
Biriktirilgan masʼullar va mahalla faollari ishtirokida o‘tgan yillarda sodir etilgan jinoyatlar muhokama etilib, ularni kelib chiqish sabablari va bunga imkon bergan shart-sharoitlar tahlil qilinib, kelgusida jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyat va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish borasida hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar belgilab olingan.
Bu boradagi profilaktik tadbirlarni tizimli davom ettirilib, mahalla hududida nizoli oilalar va aholining “muammoli toifalari”dan kelib chiqib, ularga “diagnoz” qo‘ygan holda ishsizlar, yoshlar va ayollarni kasbga o‘qitish, bandligini taʼminlash, ehtiyojmand oilalardagi psixologik muhitni yaxshilash, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga yo‘naltirish maqsadida, ularning muammolarini “fuqarobay” aniqlash va hal etish borasida mahalla fuqarolar yig‘ini bilan hamkorlikda uyma-uy kirilib, jinoyat qurboni ayniqsa internet tarmog‘idagi firibgarlik jinoyatlari qurboniga aylanib qolmaslik bo‘yicha maʼlumotlar berildi hamda bukletlar tarqatilgan.
Romitan tumani “Markaziy dehqon” bozori savdo do‘konlariga mahalla faollari hamda Ekspert-kriminalistika markazi tajribali xodimlaridan iborat tuzilgan guruhlar tomonidan tushuntirish ishlari olib borilib, O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi bo‘yicha o‘z mol-mulklari daxlsizligini taʼminlash borasida ehtiyotkor bo‘lishlari, o‘zlariga tegishli avto transport vositamni, savdo do‘koni va yashash xonadonlarini qorovsiz qoldirmasliklari, signalizatsiya, qo‘riqlov pultiga topshirish yoki video kuzatuv kameralari o‘rnatish to‘g‘risida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilgan.
Profilaktika kuni tadbirlari doirasida aholini hushyorlikka chorlovchi, jinoyat va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda hamkorlikka daʼvat qiluvchi ovozli yozuvlar bozor radiouzeli orqali aholi eʼtiboriga yetkazilgan.
Shuningdek, kunning tig‘iz paytida sodir etilishi mumkin bo‘lgan yo‘l transport hodisalarini oldini olish borasida yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari bilan hamkorlikda xizmat tashkillashtirilgan.
Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari muhoqamada “Qizil” toifadagi mahallaga biriktirilgan masʼullar tomonidan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni birma bir tahlil qilib, kelgusida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar borasida tegish topshiriqlar berdi.
Mazkur hududda kriminogen vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirish, mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash va jamoat xavfsizligini taʼminlashni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish borasida bir qator vazifalar belgilab berildi.