Buxoro viloyat IIB Ekspert-kriminalistika markazi malakali ekspertlari tomonidan Buxoro harbiy prokuraturasida o‘quv mashg‘ulotlari hamda ilmiy amaliy ko‘rgazma tashkil etildi
Buxoro garnizonida joylashgan harbiy qism va muassasalarida tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar ishtirokida “Qasddan odam o‘ldirish va nomusga tegish jinoyatlari yuzasidan hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda eʼtibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar” mavzusida maʼlumotlar berilib, jinoyat sodir etilgan joyni ko‘zdan kechirish, ashyoviy dalillarni topish, qayd etish, olish, qadoqlash va tergov organlariga taqdim etish tartibi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shundan so‘ng, Ekspert-kriminalistika markazida mavjud harakatlanuvchi mobil kriminalistik laboratoriya va texnika vositalar namoyishi o‘tkazilib, laboratoriyaning afzalliklari va samaradorligi hamda ekspert-kriminalistika faoliyatining zamonaviy imkoniyatlari haqida ilmiy amaliy ko‘rgazma tashkil etildi.
Shuningdek, taqdimotda hozirgi kunda markazda o‘tkazilayotgan ekspertiza turlari, ekspertiza o‘tkazish uchun asoslar, ekspertizaga taqdim etiladigan obyektlar haqida so‘z yuritilib, jinoyat va hodisa joylaridan olingan va jinoyatlarni fosh etishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qo‘l barmoq, poyabzal, shina, buzish qurollari izlari, qalbaki pullar, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar, qo‘lbola o‘qotar qurollar, o‘q dorilar, giyohvand o‘simliklar, giyohvandlik moddalari, psixotrop, kuchli ruhiy taʼsir qiluvchi dorilar to‘g‘risida to‘xtalib , mutaxassislar yetib kelgunga qadar hodisa joylarini o‘rab olish va qo‘riqlash bo‘yicha tushunchalar berildi.
Shuningdek, Buxoro garnizonida joylashgan harbiy qism va muassasalarida tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi xodimlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.