10 Yanvar 2023 yil 544

Buxoro viloyati 3-sektor masʼullarining navbatdagi sayyor qabuli Qorako‘l tumanida o‘tkazildi

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik Erkin Safarov tasdiqlangan rejaga asosan bugun, 10 yanvar kuni Qorako‘l tumani markazidan 30 km. uzoq masofada joylashgan “Jig‘achi” mahallasi aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda viloyat va tuman 3-sektor ishchi guruhi aʼzolari, taalluqli idoralar masʼullari ishtirok etdilar.

Qabulda ko‘tarilgan fuqarolarning turli ijtimoiy iqtisodiy masalalar bo‘yicha 20 dan ortiq murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi.

Murojaatlarning aksariyati joyida bartaraf etilib, hududda “sohabay”, “mahallabay” va “fuqarobay” ish samaradorligini oshirish, aniqlangan ijtimoiy masalalarni bartaraf etish yuzasidan sektor rahbarlari va tegishli idoralar masʼullariga topshiriqlar berildi.

Ish yurituviga olingan, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar ijrosi alohida nazoratga olinib, mutasaddilarga har bir yo‘nalish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, 3-sektor masʼullari tomonidan hudud aholisining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ham yaqindan o‘rganilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida shu kuni mahalla aholisi uchun arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi tashkil etildi.

Bundantashqari mahallada istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, “Temir”, “Ayollar” va “Yoshlar” daftarlariga kiritilgan oilalarga yeo‘mir hamda suyultirilgan gaz ballonlari tarqatilib, bandligi taʼminlanmagan xotin-qizlarga imtiyozli subsidiya mablag‘lari asosida tikuv mashinalari va elektron pechlar topshirildi.

Text to speech