26 Yanvar 2023 yil 698

Buxoro viloyati 3-sektor rahbarining navbatdagi sayyor qabuli Olot tumanida o‘tkazildi

Buxoro viloyati 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyevning navbatdagi sayyor qabuli, bugun 26 yanvar kuni Olot tumanining “Xidreyli” mahallasi aholisi bilan o‘tkazildi.

Sayyor qabulda viloyat va tuman 3-sektor ishchi guruhi aʼzolari, boshqa taalluqli idoralar masʼullari ishtirok etdilar.

Qabulda ko‘tarilgan fuqarolarning turli ijtimoiy iqtisodiy masalalar bo‘yicha 10 dan ortiq murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi.

Murojaatlarning aksariyati joyida bartaraf etilib, hududda “sohabay”, “mahallabay” va “fuqarobay” ish samaradorligini oshirish, aniqlangan ijtimoiy masalalarni bartaraf etish yuzasidan sektor rahbarlari va tegishli idoralar masʼullariga topshiriqlar berildi.

Ish yurituviga olingan, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar ijrosi alohida nazoratga olinib, mutasaddilarga har bir yo‘nalish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shu kuni boshqarma boshlig‘i va tuman hokimi 3-sektor masʼullari tomonidan hudud aholisining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish maqsadida tuman IIBda tashkil etilgan shtab faoliyati muhokama qilinib, aniqlangan muammolarni bartaraf etishga alohida ahamiyat qaratildi.

Shuningdek, mahalla aholisi uchun arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi tashkil etilib, mahallada istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashga doir manzilli tadbirlar amalga oshirildi.

Text to speech