18 Yanvar 2023 yil 278

Buxoro viloyati 3-sektoriga qarashli Shofirkon tumanida Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rganish ishlarini olib bordi

Shu o‘rinda, viloyat 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev hudud masʼullari bilan birgalikda 3-sektorga qarashli ushbu tumandagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida bo‘lib, narxlarni sunʼiy oshirmaslik va sunʼiy tanqislikni yuzaga keltirmaslik bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Shundan so‘ng tuman markaziy dehqon bozorida bo‘lib, bu yerdagi do‘konlar va rastalarda savdo, sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilinishi, narx-navoni sunʼiy oshirib yubormaslik yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordi.

Aholini sifatli oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash, ehtiyoj mollarining qo‘shimcha zaxirasini yaratish bo‘yicha masʼullarga vazifalar yukladi.

Boshqarma boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyevning viloyat 3-sektoriga qarashli G‘ijduvon, Shofirkon va Vobkent tumanlari, shuningdek, qolgan barcha shahar va tumanlar 3-sektoriga qarashli mahallalardagi manzilli ishlari davom etmoqda.

Text to speech