Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida mavjud bo‘sh bo‘lgan profilaktika inspektori lavozimlariga tanlov eʼlon qilinadi
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatining profilaktika inspektori lavozimlari bo‘yicha mavjud bo‘sh bo‘lgan lavozimlarga tanlov eʼlon qiladi.
Tanlovda oliy taʼlim muassasalarini huquqshunoslik (yurisprudensiya), tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha), maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi, ona tili, rus tili, ingliz tili, o‘zbek adabiyoti, psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha), yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi, chaqiriqqacha xarbiy taʼlim, hamda axborot xavfsizligi va axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha tamomlab, oliy maʼlumotga ega bo‘lgan Buxoro viloyati hududida doimiy ro‘yxatda turgan, yoshi 18 dan kichik, 30 dan katta bo‘lmagan, bo‘yi 165 smdan kam bo‘lmagan, muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervi asosida harbiy xizmatni o‘tagan erkak nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.
Nomzodlar o‘zlari bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishlari so‘raladi.
- biometrik pasport yoki ID-kartasi;
- tug‘ilganlik haqida guvohnomasi;
- oliy maʼlumotni tasdiqlovchi hujjat (diplom ilovasi bilan) asl nusxasi;
- harbiy guvohnoma asl nusxasi;
- 3 x 4 o‘lchamdagi 2 ta rangli fotosurʼat (bosh kiyimsiz);
- doimiy yashash joyi bo‘yicha belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida maʼlumotnoma (bo‘yning balandligi bo‘yicha antropometrik parametri ko‘rsatilgan holda 086-raqamli tibbiy maʼlumotnoma);
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasining bo‘sh bo‘lgan ofitserlik lavozimlariga ishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar 2023 yilning 5 iyun - 10 iyun kunlari Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmatiga yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan murojaat qilishlari so‘raladi.
Tanlov tadbirlari davomida jamoatchilik tashkiloti vakillari va nomzodning yaqin qarindoshlari ishtirok etishlari mumkin.
2023 yilning 5 iyun - 10 iyun kunlaridan oldin yoki keyin murojaat qilgan nomzodlarning arizalari qabul qilinmaydi.
Manzil: Buxoro shahar B.Naqshband ko‘chasi 10-uy,
Mo‘ljal: Buxoro ARK qo‘rg‘oni majmuasi.
Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun telefonlar: (65) 220-41-07
Telegramm rasmiy sahifasi: @bviib – dan axborot olib borishingiz mumkin