11 Avgust 2022 yil 703

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

Joriy yilning 10-avgust kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida boshqarma boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev tomonidan “ZOOM” platformasi orqali muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Bunda tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari va hududiy ichki ishlar organlari mas'ullari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda quyidagi masalalar, jumladan joriy yilning o‘tgan 8 oyi 10 kunida viloyatda sodir etilgan jinoyatlar, ularning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar va kelgusida jinoyatchilikka imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf qilish choralari;

Shuningdek, shaxsiy tarkib o‘rtasida ijro va xizmat intizomini mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Muhokama yig‘ilishida har bir masala yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari tinglanib, tanqidiy tahlil qilindi.

Yakunda hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, har bir sohaviy xizmatlar va hududiy ichki ishlar organlarida ijro va xizmat intizomini mustahkamlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish, bunda rahbar xodimlardan shaxsiy namuna ko‘rsatishlari talab qilindi.

Text to speech