11 Fevral 2023 yil 650

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi brifing o‘tkazildi

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida bugun, 11 fevral kuni Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar ва kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Umid Utayev hamda tegishli sohaviy xizmat masʼullari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvarda qabul qilgan “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish ва aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-10-son qarori talablarini jamoatchilikka yetkazish, ushbu qarordan kelib chiqadigan vazifalar, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ва uning quyi tizimlarida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida axborot berish, sohaga taalluqli muammoli savollarga oydinlik kiritish hamda tizimda ochiqlik ва shaffoflikni taʼminlashga qaratilgan navbatdagi brifing o‘tkazildi.

Brifingni boshqarma Axborot xizmati boshlig‘i podpolkovnik Shuhrat Jalolov ochib berib, ishtirokchilarni kun tartibi bilan tanishtirdi.

Shundan so‘ng, Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar ва kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Umid Utayev anjuman kun tartibidagi masala bo‘yicha batafsil maʼlumot berdi.

Mazkur qarorning mohiyati haqida maʼlumot ва tushuntirishlar berilib, kodeksda belgilangan qoida ва talablarga amal qilish, xizmat faoliyati samaradorligi ва xizmat intizomini baholashning asosiy mezoni hisoblanishi, ichki ishlar organlarining har bir xodimi kodeksda belgilangan qoida ва talablarni bilishi, ularga qatʼiy amal qilishi majburiy ekanligi alohida taʼkidlandi.

Shuningdek tizimda amalga oshirilgan chora-tadbirlar, ichki ishlar organlari xodimlarini “Xalq manfaatlariga xizmat qiladigan ijtimoiy yo‘naltirilgan professional tuzilmaga aylantirish maqsadida olib borilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritildi.

Taklif ва mulohazalar bilan boy o‘tgan brifingda ishtirok etgan OAV vakillari, jurnalist ва mustaqil blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.

Text to speech