27 Fevral 2023 yil 316

Buxoro viloyati ichki ishlar organlari ayol xodimalari o‘rtasida “Shaxmat” sport turi va “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha musobaqaning saralash bosqichi tashkil etildi

Zakovat — bu bilim charxi. Zakovatli bo‘lish esa maʼnan yetuklik deganidir. Ayniqsa, bu sifatlar bugungi kun ichki ishlar organlari xodimi uchun zarur jihatlar.

Shu o‘rinda, Ichki ishlar vazirining “Ayol — mehr-sadoqat va taraqqiyot timsoli” shiori ostida joriy yilning 27-28 fevral kunlari Samarqand shahrida xotin-qizlar II Respublika forumini o‘tkazish to‘g‘risida”gi tegishli farmoyishiga muvofiq viloyat IIB tomonidan “Shaxmat” sport turi va “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha terma jamoani shakllantirish maqsadida musobaqaning saralash bosqichi o‘tkazildi.

Saralash bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan shahodatlangan ayol xodimalar respublika bosqichi uchun maxsus yo‘llanmalarga ega bo‘lishdi.

Bu kabi bellashuvlar xodimalarni ham ruhan ham maʼnan tarbiyalab, ularning intellekti oshishiga xizmat qiladi.

Bir so‘z bilan aytganda, bu kabi chora-tadbirlar sohada «Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish — oliy burchimiz» konseptual g‘oyasi asosida xizmat olib borayotgan xotin-qizlarda yuksak g‘ayrat va shijoat uyg‘otishiga zamin yaratmoqda.

Text to speech