3 Mart 2023 yil 502

Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov G‘ijduvon tumani Ichki ishlar boshqarmasi faoliyati bilan tanishdi

Bugun, 3 mart kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, kriminogen vaziyatga taʼsir etuvchi boshqa ijtimoiy-maishiy muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlarni ko‘zdan kechirish maqsadida G‘ijduvon tumani IIB ga borib, amalga oshirilayotgan ishlarni yaqindan o‘rgandi.

Dastlab, tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik Azim Xoliqov tuman hududida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida tuzilgan oylik va kunlik ish rejalari bilan tanishtirib, amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha axborot berdi.

Boshqarma boshlig‘i mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jinoyatchilikni mahallabay jilovlash, aholi muammolari o‘rganish va bartaraf etish borasi tuman masʼullariga o‘z maslahatlarini berdi.

Shuningdek, Ichki ishlar boshqarmasida fuqarolar uchun qulayliklar yaratish, xodimlarning xizmat intizomiga qatʼiy rioya qilishlari borasida masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Text to speech