2 Mart 2023 yil 484

Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov Buxoro shahrida o‘rganish ishlarini olib bordi

Bugun 2 mart kuni Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov "mahallabay" tizimi asosida aholi muammolarini aniqlash va hal etish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, kriminogen vaziyatga taʼsir etuvchi boshqa ijtimoiy-maishiy muammolarni bartaraf etish borasida Buxoro shahrida o‘rganishlar olib bordi.

Dastlab Buxoro shahar 3-sektor hududida joylashgan "Jo‘bor" mahallasi faoliyati bilan yaqindan tanishilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Jarayonda, boshqarma boshlig‘i aholi muammolariga yechim topish, aholi bandligini taʼminlash, hududda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirib, jinoyatlarni oldini olish borasida mahalla masʼullariga o‘z tavsiyalarini berdi.

"Jo‘bor" mahallasi Sulton Jo‘ra ko‘chasida yashovchi "Temir daftar" ro‘yxatida kiritilgan, Raʼno Kozimova xonadonida bo‘lgan boshqarma boshlig‘i masʼul rahbarlar hamrohligida uni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rgandi.

Buxoro shahrining A.Mushfiqiy ko‘chasida yashovchi "yoshlar daftari" ro‘yxatida bo‘lgan Maʼmura Kenjayevaning Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i bilan bo‘lgan uchrashuvi ham samarali bo‘lib, ko‘pdan beri go‘zallik saloni ochib tadbirkorlik bilan shug‘ullanish niyatida bo‘lgan bu yoshning orzusi shu yerning o‘zida ushaldi. U "Yoshlar daftari" da ro‘yxatda turuvchi fuqarolarga taqdim etiladigan imtiyoz sabab o‘z tadbirkorligini boshlaydigan bo‘ldi.

Buxoro viloyati IIB boshlig‘i boshchiligidagi masʼullar 33-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida ham bo‘lib, bu yerda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

Buxoro viloyati 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimovning "mahallabay" o‘rganishlari davom etttiriladi.

Text to speech