25 Avgust 2023 yil 579

Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov G‘ijduvon tumanining “Sharq” va "Pamo‘za" mahallalarida jinoyatchilikni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi

Bugun, 25 avgust kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov G‘ijduvon tumanida bo‘lib, tumanda kriminogen vaziyati og‘ir “qizil” toifaga kiritilgan “Sharq” va "Pamo‘za" mahallalarida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Mahallalarda bo‘lgan boshqarma boshlig‘i davlatimiz rahbarining topshirig‘iga asosan jinoyatchilikni oldini olish borasida “Buxoro tajribasi”ning yaratilganligini, jinoyatchilik salmog‘i ortgan “qizil” toifadagi ushbu mahallalarda o‘rganishlar olib borilib, huquqbuzarlik hamda jinoyatchilik sodir etilishining asl sabablari, unga turtki bo‘lgan omillar, mavjud kamchiliklarni birma-bir tahlil qilib, ilmiy yondashuv asosida aniq va manzilli chora-tadbirlarni belgilagan holda hududlarni tez orada jinoyatdan xoli “yashil” maskanlarga aylantirish kerakligi borasida tegishli topshiriqlar berdi.

Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining tegishli ko‘rsatmasiga asosan “qizil” toifaga kiritilgan ushbu "Shark" va "Pamo‘za" mahallalarida yig‘ma otryad tashkil etilib, keng ko‘lamli profilaktik chora-tadbirlar boshlandi.

Ishchi guruh aʼzolari tomonidan jamoat joylari, tadbirkorlik obyektlari, taʼlim muassasalari, har bir xonadon xatlovdan o‘tkazilib, uzoq muddatga ketgan va qaytib kelgan fuqarolar va ularning oila aʼzolari, muqaddam sudlangan, probatsiya hamda profilaktik hisobda turgan shaxslar bilan profilaktik suhbatlar tashkil qilinmoqda.

Shuningdek, Buxoro Buxoro IIB boshlig‘ining tashabbusi bilan tashkil etilgan "Mobil targ‘ibot guruhi" tomonidan ushbu mahallalarda, jamoat joylari, korxona-tashkilotlarda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Bunda voyaga yetmaganlar, yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida firibgarlik, tan jarohati bilan bog‘liq jinoyatlar, yo‘l transport hodisalari, bezorilik, o‘g‘rilik, ayniqsa plastik o‘g‘riliklarini oldini olish hamda bu turdagi jinoyatlarning sodir etilish sabablari hamda ularning oqibatlari tushuntirish maqsadida Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan targ‘ibot video roliklari qo‘yib berilmoqda.

Bu kabi keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar davom etmoqda.

Text to speech