3 Noyabr 2022 yil 567

Buxoro viloyati IIB boshlig‘i profilaktika inspektorlari uchun xizmat uylari qurilishi jarayonini ko‘zdan kechirdi

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev Vobkent tumanida bo‘lib, taalluqli mutasaddilar va viloyat IIB masʼul rahbarlari ishtirokida tumanning «Raboti Oxun» mahallasida profilaktika inspektori uchun xizmat uyi qurish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. 

Bunda olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari, xodim va uning oila aʼzolari uchun yaratilayotgan zamonaviy qulayliklarni joyiga borib o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida boshqarma boshlig‘i qurilishning belgilangan grafik asosida qisqa fursatlarda sifatli olib borish, qurilish mollari, zaruriy texnika hamda boshqa vositalarning yetarliligi va mavjud muammolarni birma-bir ko‘zdan kechirib, aniqlangan masalalar yuzasidan masʼullarga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

Text to speech