Buxoro viloyatI IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — JXX boshlig‘i podpolkovnik Jonibek Boltayev G‘ijduvon tumanidagi «Parvoz Humo Ravnaq Trans» MCHJ ishchi xodimlari bilan jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarni oldini olish borasida uchrashuv o‘tkazdi
Uchrashuv “Aholining huquqiy madaniyatini oshirish hamda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tadbirlar” mavzusiga bag‘ishlandi.
Bunda O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida har bir fuqaroning qonun bilan belgilab qo‘yilgan huquq va burchlari, majburiyatlari belgilab qo‘yilganligini, davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilinayotgan barcha qonun va farmonlar inson manfaatlari uchun xizmat qilishini, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda barcha masʼul ekanligini alohida qayd etishdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida turli illatlarning salbiy oqibatlari, firibgarlik, o‘g‘irlik va kiber jinoyatchilik qurboniga aylanib qolmaslik yo‘llari batafsil tushuntirilib, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishga doir targ‘ibotlar ishlari olib borildi.