14 Iyul 2023 yil 228

Buxoro viloyati IIB Davolash profilaktika muassasalari Tibbiyot bo‘limi xodimlari o‘rtasida “Yilning eng yaxshi tibbiy hamshirasi” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi

Bugun, 14-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 29-avgust kunidagi tegishli buyrug‘i asosida Buxoro viloyati IIB Davolash profilaktika muassasalari Tibbiyot bo‘limi xodimlari o‘rtasida “Yilning eng yaxshi tibbiy hamshirasi” respublika ko‘rik tanlovining hududiy bosqichi tashkil etildi.

“Yilning eng yaxshi tibbiy hamshirasi” ko‘rik tanlovida viloyat IIB Davolash profilaktika muassasalari tibbiyot bo‘limi o‘rta tibbiy xodimlaridan bilimli, kasbiy malakasi, shaxsiy sifatlari bilan ajralib turadigan, mehnat faoliyati davomida boshqalarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan 6 nafar hamshiralar bellashdi.

Tibbiyot xodimlarni maʼnaviy rag‘batlantirish, o‘z kasbining yetuk mutaxassislarini aniqlash va ularni eʼtirof etish, kasbiy tayyorgarlik darajasini yuksaltirish, bemorlar bilan muloqotda madaniyatini mustahkamlash, intellektual va professional salohiyatini oshirish, ularda tashabbuskorlik, yetakchilik fazilatlarini rivojlantirish maqsad qilingan ushbu tanlov ishtirokchilari 4 ta shart asosida o‘z bilim va mahoratlarini namoyon qildilar.

Dastlabki “tanishtiruv” shartini bajarib, so‘ngra savollarga javob berish orqali sohaviy, maʼnaviy-maʼrifiy, huquqiy savodxonligi, ish faoliyatida qo‘llaniladigan vazifalarni amaliy bajarishi orqali bilim darajalari sinovdan o‘tkazildi. “Erkin mavzu” shartida esa hamshiralar iqtidor va isteʼdodlarini namoyon etdi. Har bir shartning bajarilishi hakamlar tomonidan adolatli va shaffof baholab borildi.

Ko‘rik-tanlov yakuniy natijalarga ko‘ra, faxrli birinchi o‘rinni Madina Qodirova, ikkinchi o‘rinni Nigina Ochilova va uchinchi o‘rinni Aziza Muzaffarovalar egallagan bo‘lsalar, yana 3 nafar tibbiy hamshiralar faol ishtiroki uchun alohida eʼtirof etildi.

Bundan tashqari, birinchi o‘rin sohibasiga ko‘rik tanlovning respublika bosqichiga qatnashish huquqini beruvchi sertifikat topshirildi.

Tanlov g‘oliblari viloyat Ichki ishlar boshqarmasining diplom, qimmatbaho sovg‘alar va pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Text to speech