Buxoro viloyati IIB Tergov boshqarmasi masʼullari tomonidan ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 16, 17, 18 va 19-sonli Qarorlari targ‘iboti yuzasidan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
Ichki ishlar Vazirining joriy yil 7-iyul kunidagi ko‘rsatmasiga asosan Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi masʼul xodimlari hamda joylardagi Tergov bo‘linmalari rahbarlari tomonidan viloyat Ichki ishlar organlarida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan barcha shaxsiy tarkib ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
O‘quv mashg‘ulotlari davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2023-yil 23-iyundagi “Odil sudlovni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” 16-sonli, “Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” 17-sonli, “Reabilitatsiya etilgan shaxsga yetkazilgan ziyonni qoplash va uning boshqa huquqlarini tiklash bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 18-sonli va “Intellektual mulkka oid ishlarni ko‘rib chiqishning ayrim masalalari to‘g‘risida” 19-sonli Qarorlari mazmun-mohiyati barcha shaxsiy tarkib eʼtiboriga yetkazildi.
Shu bilan bir qatorda, o‘quv mashg‘uloti davomida jinoyat haqidagi ariza va xabarlarni ko‘rib chiqishda O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi normalarini qo‘llash, jumladan shaxsni ushlab turish, tintuv tergov harakatlarini o‘tkazish hamda protsess ishtirokchilarining konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlash borasida misollar keltirgan holda batafsil tushunchalar berildi.