1 May 2023 yil 532

Buxoro viloyati IIB xodimlari tomomnidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida bir nechta holatda fohishaxona tashkil qilish bilan bog‘liq jinoiy holatlarga chek qo‘yildi

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining alohida Farmoyishi asosida viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida aholi o‘rtasida turli yuqumli kasalliklar, xususan teri tanosil, OIV hamda OITS kasalliklarining tarqalishi, shuningdek, axloq-odob doirasidagi jinoyatlarni barvaqt oldini olish, sodir etilganlarini issiq izida fosh etish hamda bu sohadagi jinoyatlarga qarshi keskin kurashish maqsadida boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va keng jamoatchilik bilan hamkorlikda “Oriyat” maxsus tezkor profilaktik tadbirlari harakatga keltirilgan.

«Buxoro viloyati hududida fohishaxona saqlash bilan bog‘liq jinoiy holatlarni oldini olish va unga qarshi kurashish» borasida o‘tkazilgan maxsus tezkor profilaktik tadbirlari davomida fohishaxona saqlash bilan bog‘liq bir nechta jinoiy holatlar fosh etildi.

Jumladan, Buxoro shahar “Sifatmuniy” mahallasida yashovchi, 1970 yilda tug‘ilgan A.N. 2023 yil 20 aprel kuni soat 13:00 larda o‘zining vaqtincha ijarada yashaydigan joyi Buxoro shahar “Piridastgir” ko‘chasidagi uyida bir erkak va ayolning jinsiy aloqada bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan alohida xona ajratib berib, evaziga 300.000 so‘m pullarni olganligi aniqlangan.

Ikkinchi holat: 2023 yil 25 aprel kuni soat 17:00 larda Buxoro tumani “Gulshanobod” mahallasida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan R.M. o‘zi vaqtincha yashab kelayotgan Buxoro shahar “Buyrobofon” ko‘chasidagi uyda bir ayol va erkakning jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berib, buning evaziga 100.000 so‘m pullarni olganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech