24 Noyabr 2022 yil 2094

Buxoro viloyati IIBda bo‘sh bo‘lgan serjantlik lavozimlarini jamlash maqsadida IIV Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga qabul qilish uchun nomzodlar tanlovini e’lon qiladi.

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida bo‘sh bo‘lgan serjantlik lavozimlarini jamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga (serjantlar tarkibini tayyorlash dasturi asosida) o‘qishga qabul qilish uchun nomzodlar tanlovini e’lon qiladi.

ESLATMA: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga

  1. “Yo‘l-patrul faoliyati” (3 ta o‘rin) yo‘nalishiga bo‘yi 175 smdan past bo‘lmagan (erkaklar uchun), 170 smdan past bo‘lmagan (ayollar uchun);
  2. “Jamoat tartibini saqlash faoliyati” (2 ta o‘rin) yo‘nalishiga bo‘yi 170 smdan past bo‘lmagan (erkaklar uchun), 165 smdan past bo‘lmagan (ayollar uchun);
  3. “Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati” (8 ta o‘rin)  (sport sinovlari boshqa yo‘nalishlarga nisbatan kuchaytirilgan tarzda qabul qilinadi) bo‘yi 165 smdan past bo‘lmagan (ekaklar uchun), 160 smdan past bo‘lmagan (ayollar uchun);
  4. “Pasport tizimini ta’minlash” (1 ta o‘rin) yo‘nalishlariga bo‘yi 165 smdan past bo‘lmagan (ekaklar uchun), 160 smdan past bo‘lmagan (ayollar uchun) o‘qishga oliy ma’lumotli (fakultet yo‘nalishlariga nomzodlarni oliy ta’lim muassasasini tugatgan mutaxassisligi inobatga olingan holda ichki ishlar organlari uchun belgilangan talablar asosida qabul qilinadi) yoshi 18 dan kichik, 30 dan katta bo‘lmagan, muddatli yoki safarbarlik chaqiruvi rezervi asosida harbiy xizmatni o‘tagan Buxoro viloyati hududida doimiy ro‘yxatda turgan nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.

Nomzodlar o‘zlari bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishlari so‘raladi:

  • fuqarolik pasporti; (biometrik, ID-karta);
  • harbiy guvoxnoma asl nusxasi;
  • bakalavr diplomi asl nusxasi (ilovasi bilan);
  • nomzod tomonidan qo‘lda va kompyuterda yozilgan tarjimai hol;
  • anketa (o‘zi va yaqin qarindoshlari to‘g‘risida ma’lumot);
  • 3 x 4 o‘lchamdagi 2 ta rangli fotosur’at (bosh kiyimsiz);
  • doimiy yashash joyi bo‘yicha belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida ma’lumotnoma (bo‘yning balandligi bo‘yicha antropometrik parametri ko‘rsatilgan holda 086-raqamli tibbiy ma’lumotnoma);

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar 2022 yilning 25 noyabrdan - 5 dekabr kuniga qadar Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatiga yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan murojaat qilishlari mumkin.

2022 yilning 25 noyabr – 5 dekabr kunlaridan oldin yoki keyin murojaat qilgan nomzodlarning arizalari qabul qilinmaydi.

Manzil: Buxoro shahar Navoiyshox ko‘chasi 6 a uy,

Mo‘ljal: IIV Buxoro akademik litseyi binosi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefonlar: (99) 201-97-77; (90) 613-52-32

Telegramm kanali: BUXORO IIB – dan axborot olib borishingiz mumkin 

Buxoro viloyati IIB

Text to speech