4 Noyabr 2022 yil 597

Buxoro viloyati IIBda jinoyatchilikni oldini olish borasidagi o‘rganish natijalariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

Bugun, 4-noyabr kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasi majlislar zalida, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari, tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, Ichki ishlar bo‘lim va bo‘linma boshliqlari va masʼul xodimlar ishtirokida navbatdagi videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni boshqarma boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev olib borib, joriy yilning 31 oktyabr kuni tasdiqlangan reja-topshiriq asosida viloyatning Kogon shahar hamda Kogon va Peshku tumanlari ichki ishlar organlarining barcha sohaviy xizmatlari faoliyati, rahbar va masʼul xodimlarning jinoyatchilikni oldini olish borasidagi tashabbuskorligini kompleks o‘rganish natijalari, bu borada kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar tanqidiy muhokama qilindi.

Ko‘rib chiqilgan har bir masala yuzasidan shahar va tumanlarga viloyat ichki ishlar boshqarmasidan masʼul etib biriktirilgan boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, Jinoyat qidiruv, Huquqbuzarliklar profilaktikasi, Jamoat tartibini saqlash va Tashkiliy boshqarmalar rahbar va masʼul xodimlari, shahar va tumanlar ichki ishlar organlarining boshliqlari va tegishli sohaviy xizmatlar xodimlari qattiq ogohlantirilib, ish ko‘rsatgichlari past bo‘lgan, o‘z xizmat vazifalariga sidqidildan yondashmagan bir qator xodimlarga nisbatan qattiq intizomiy taʼsir choralari qo‘llanilgan bo‘lsa, samarali ish olib borgan xodimlarni rag‘batlantirish yuzasidan takliflar kiritilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan aniq va manzilli topshiriqlar berildi va ijrosi alohida nazoratga olindi.

Yig‘ilish yakunida boshqarma boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev tomonidan barcha sohaviy xizmatlar, hududiy ichki ishlar organlari rahbar va masʼul xodimlari oxirgi marotaba qattiq ogohlantirilib, ijrochilik intizomiga qatʼiy rioya qilishlari, huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olish borasidagi tezkor, profilaktik va tashkiliy tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli va samarali tashkil etishlari lozimligi, zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarishda tashabbus ko‘rsatib, qo‘l ostidagi xodimlarga shaxsiy namuna ko‘rsatgan holda xizmatni tashkil etishlari talab qilindi.

Text to speech