6 May 2023 yil 240

Buxoro viloyati IIBda navbatdagi maʼnaviyat va maʼrifat darsi II-respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiga ulanib ketdi

Davlatimiz rahbarining 2021-yil 2-apreldagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasidan kelib chiqqan holda bugun, 6-may kuni IIV tomonidan videokonferensaloqa tizimi orqali II-respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Bunda, Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosarlari, sohaviy xizmatlar rahbarlari, boshqarma apparati xodimlari, hududiy bo‘limlar shaxsiy tarkiblari va soha faxriylari ishtirok etdi.

Videoselektor tarzida o‘tkazilgan mashg‘ulot jarayonida xodimlarga maʼnaviyat oyligi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida tushuntirishlar berildi.

Yakunda hamkor tashkilot xodimlari tomonidan viloyat IIB bilan birgalikda amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.

Shuningdek, viloyat ichki ishlar organlarida bir necha yillar davomida xizmat qilib hozirgi kunda nafaqa gashtini surayotgan soha faxriylari ishtirokida dildan suhbat qurildi.

Text to speech